35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA BANDIXONDAN YANA BIR XUSHXABAR!

Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bandixon tumanida xalqimiz uchun munosib tuhfalarga aylanayotgan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

📚 Chinor mahallasida umumiy qiymati 4,5 milliard so‘m bo‘lgan, 120 o‘rinli yangi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Muhtasham va zamonaviy bog‘chaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati , tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Yangi bog‘chaning ochilishi biz ayollar uchun katta yengillik bo‘ldi. Endi farzandlarimiz zamonaviy sharoitda sifatli ta’lim va tarbiya oladi”, — deydi Chinor mahallasi ayollari.

Darhaqiqat, bolajonlar kulgisi yangragan maskan — mahalla ko‘rki, ota-onalar uchun quvonch, kelajagimiz uchun esa mustahkam poydevordir.

Chinor mahallasiga yangi bog‘cha — Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan munosib bayram tuhfasi!

Slide 1 of 6