🏛 Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shoxzoda Kurbanova tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida okrugdagi
451-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida muassasaning bino-inshooti, guruh xonalari, oshxona, bolalar maydonchalari, xavfsizlik talablari hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi.
✅ 451-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muassasaning umumiy moddiy-texnik holati hamda oshxonasi talab darajasida ekanligi qayd etildi.
💡 Shuningdek, 451-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yaqinda joriy ta’mirdan chiqarilgani, bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani ta'kidlab o'tildi.