🔺Uchquduq tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 240-sonli Farmoni ijrosi doirasida tumanning “Do‘stlik” mahallasida yangi tikuvchilik sexi o‘z faoliyatini boshladi. 🪡👗
🎉Mazkur tikuvchilik sexining ochilish marosimida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov hamda 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Raximovlar ishtirok etdilar.
🤝Yangi sexning ishga tushirilishi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar egallashi va oilalar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅E-Kengash