35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan “Madad” NNT rahbari O‘.Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy va huquqiy yordamlar yuzasidan fikr almashildi.

#Kengash_raisi_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan “Madad” NNT rahbari O‘.Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy va huquqiy yordamlar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida aholining murojaatlarini o‘rganish, huquqiy masalalarda fuqarolarga maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularning muammolarini qonuniy asosda hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1