35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan musiqa va san’at maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🌀O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, bino va xonalarining mavsumga tayyorgarligi, deraza va eshiklarning sozligi, elektr ta’minoti hamda mavjud jihozlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🌀Shuningdek, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda ta’lim muassasasini kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.