35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#deputatlar_nazorati

O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishildi. Jumladan, ta’lim muassasasida yangi tashkil etilgan kutubxona faoliyati ko‘zdan kechirilib, uning o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitda tashkil etilgani e’tirof etildi.

Maktab direktori G.Do‘smatova hamrohligida kutubxonaning imkoniyatlari, mavjud adabiyotlar hamda o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Mazkur maskan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashi va bilimini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 9