35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Israilova tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy masalalar tinglandi. Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, mahalla obodligini ta’minlash hamda 24 ta tavsiya ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Aniqlangan muammolarning bir qismini joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi, qo‘shimcha yechim talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va 24 ta tavsiya ijrosini samarali amalga oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4