35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan "O‘zbekiston 20 yilligi" MFYda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tavsiyalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallalarda 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2