Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
☘️Unda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ekologik qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🇺🇿Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna ham ishtirok etdi.
✅Konferensiya davomida ekologik sohada qabul qilinayotgan qonunlarning amaliy ijrosini ta’minlash, parlament nazoratini kuchaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉Tadbir yakunida ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni asrab-avaylash yo‘nalishida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!