Tillaqamar
mahallasida DMTT qurilishi nazorat qilindi
✅ Tillaqamar mahallasida “Open budget” dasturi doirasida barpo etilayotgan
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT)ning qurilish jarayoni o‘rganildi.
✅ Mazkur obyektning qurilish ishlari tuman Kengashi raisi B. Xaitov hamda
Kengash kotibiyati mudiri O. Murodov tomonidan joyiga chiqqan holda birgalikda
ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning
sifati, obyektning belgilangan loyiha talablari asosida barpo etilayotgani
hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Mas’ullarga qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy
rioya qilish, ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlash hamda obyektni
belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.
✅ Yangi DMTTning foydalanishga topshirilishi Tillaqamar mahallasida
maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib,
bolalar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.