O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, mavjud muammolar va aholining murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ayrim yo‘llarning ta’mirlash va asfaltlashga ehtiyoji mavjudligi qayd etildi.
Shuningdek, maktabning 1-sentyabr — yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, sinfxonalar, mavjud jihozlar, maktab hududi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni yaxshilash hamda ta’lim muassasasida qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi