Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari M. Salimova va D. Azizbayevalar tomonidan Shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida markaz tomonidan aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, markazda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari va aholi bilan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari tahlil qilindi. Markaz xodimlarining taklif va mulohazalari tinglanib, faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning mazmun-mohiyatini yanada boyitish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.