35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

ARZON UY-JOY AJRATILISHI BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan uy-joyga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni arzon uy-joy bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda asosiy e’tibor:
🔹 arzon uy-joyga ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash;
🔹 arizalarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligini ta’minlash;
🔹 talabgorlarni ijtimoiy mezonlar asosida adolatli baholash;
🔹 uy-joy sharoitlarini joyiga chiqib o‘rganish;
🔹 imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish jarayonidagi muammolarni aniqlash;
🔹 nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning manfaatlarini ta’minlash;
🔹 rad etilgan arizalar bo‘yicha asoslarni o‘rganishga qaratilmoqda.

📌 Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlarga “Tumanimizda arzon uy-joyga ehtiyojmand xotin-qizlar soni qancha?”, “Talabgorlarni tanlashda ijtimoiy mezonlar qanday qo‘llanilmoqda?”, “Ajratilayotgan uy-joylar haqiqatan ham eng muhtoj oilalarga berilmoqda-mi?” kabi muhim savollar yo‘llanmoqda.

🎯 Asosiy maqsad — uy-joyga muhtoj fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ajratish jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish.

Slide 1 of 1