✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 25-okrug deputati M.Nazarov tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilayotgan hududlarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Zangiota tumani “To‘qimachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yil Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi.
✅O‘rganish jarayonida mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, ko‘chalarni asfaltlashtirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida rejalashtirilgan avtobus bekati tashkil etish ishlari holati o‘rganildi.
✅Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholining taklif va murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.