35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil

“Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tuman Kengashiga 1-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Allamurotovning saylov okrugi hududidagi “Gulobod” mahallasida tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari S.Ostonov hamda Qiziriq tumani budjetdan tashqari pensiya bo‘limi rahbari M.Xolmatov bilan birgalikda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalla idorasiga murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi hamda ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6