35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Gulzor” mahallasidagi ishlar o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

“Gulzor” mahallasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan birgalikda deputatning saylov okrugi hududidagi “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada yuritilayotgan hujjatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda mahalla faoliyatiga oid boshqa hujjatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla hududida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mahalla raisi bilan fikr almashildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2