Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida trotuar qurilishi bilan tanishdi.
🚶♀️ O‘rganish davomida piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
🔍 Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, trotuarning belgilangan talablarga muvofiq barpo etilishi hamda hududning umumiy obodonchiligi bilan uyg‘unligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌 Trotuarlarning yangidan barpo etilishi aholi, ayniqsa piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.