Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U. Kuryazov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi U. Egamov tomonidan navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ–781-son “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi maxsus qarori asosida amalga oshirilayotgan “Urganch – Xiva” pullik avtomobil yo‘li hamda elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishi doirasida buzilishi belgilangan turar va noturar joy obyektlari holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
📌 Jumladan, Urganch shahrida 1 ta, Urganch tumanida 3 ta, jami 4 ta turar (noturar) joy obyekti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mulkdorlar bilan tuzilayotgan kelishuv shartnomalari hamda kompensatsiya masalalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
🤝 O‘rganish yakunida fuqarolar va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini ta’minlash, kompensatsiya to‘lovlarini qonuniy va adolatli tashkil etish holatlariga aloxida etibor qaratildi.
✅ Mazkur o‘rganish natijalari xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni har tomonlama va sifatli tayyorlashga xizmat qiladi.