35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Kengash raisi rahbarligida Odob-axloq qoidalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi rahbarligida deputatlar hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida Odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlat fuqarolik xizmatida xizmat odobi va kasbiy etika me’yorlariga qat’iy rioya etish, xizmat intizomini mustahkamlash, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Kengash raisi tomonidan har bir xodim va deputat o‘z faoliyatida halollik, mas’uliyat, shaffoflik hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishi, xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga Odob-axloq qoidalari talablariga og‘ishmay amal qilish, xizmat intizomi va mas’uliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Yuksak xizmat madaniyati, mas’uliyat va odob-axloq tamoyillariga sodiqlik — samarali davlat xizmati garovidir.

Slide 1 of 2