35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Temirqadam mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Temirqadam mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Temirqadam mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Temirqadam saylov okrugidan saylangan deputat J.Raxmanova hamda mahalla yettilik a’zolari tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida saylovchilarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan yoshlarni ish bilan band qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Bu kabi qabullar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, saylovchilarning ishonchini oshirish hamda hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2