Yangiliklar

#sessiya #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga shahar hokimi o‘rinbosari Muhammadsodiq Mo‘minov tomonidan muhim taklif kiritilgan edi. Taklifga ko‘ra, shahrimizning Temur Malik mahallasi hududida yangi yashil bog‘ barpo etish rejalashtirilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida shahar Kengashi deputatlari hamda Ekologiya, agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Hududning bog‘ barpo etish imkoniyatlari tahlil qilindi;
Sug‘orish tizimi va daraxt ko‘chatlarini tanlash masalalari ko‘rib chiqildi;
Yig‘ilgan barcha ma’lumotlar doimiy komissiya muhokamasiga kiritildi.

Bu kabi loyihalar Olmaliq shahrida ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun qulay dam olish maskanlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2