Olmaliq shahar shoh bekatida o‘tkazilgan deputatlik o‘rganishlari davomida hududda nazoratsiz yurgan daydi itlar aholi, ayniqsa, yo‘lovchilar xavfsizligiga jiddiy xavf solayotganligi aniqlandi.
⚡️Deputatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan zudlik bilan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi rahbariyatiga murojaat qilindi. Murojaat asosida:
🚛 Voqea joyiga tezkorlik bilan it ovlash guruhi yetib keldi;
🐕 Nazoratsiz yurgan hayvonlar zararsizlantirilib, hududdan olib ketildi;
✅ Fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi va hudud tinchligi qayta ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz: Jamoat joylarida aholi tinchligi va salomatligiga raxna soluvchi har qanday holat deputatlarimizning doimiy nazoratida qoladi.