Yangiliklar

Deputat Yangi Zamin mahallasida saylovchilar oldida hisobot berdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Shukurjon Ahmedova o'zi saylangan Yangi Zamin saylov okrugida 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot taqdim etildi.

📋 Hisobot davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, saylov okrugida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🤝 Shuningdek, qonunlar va davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

📝 Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

✅ Yakunda deputat saylovchilar bilan doimiy ochiq muloqotni davom ettirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil olib borishini ta'kidladi.

Slide 1 of 2