Yangiliklar

14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat dasturlari ijrosi, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyat, sohaga oid dolzarb masalalar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash, aholi hamda tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.Bu kabi o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 5