Xalq deputatlari tumani Kengashining 20-Galabotir saylov okrugi deputati A. Nishonov kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan G‘o‘lba mahallasida hokim yordamchisi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o‘rganishlar mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.