Yangiliklar

Mehr va e’tibor namunasi: fuqaro uchun yangi uy qurilishi jarayoni nazoratda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev, 20-Galabotir saylov okrugi deputati A. Nishonov, deputat va homiylar ko‘magida Galabotir mahallasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi H. Usmonov uchun bunyod etilayotgan uy-joy qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ishlarning borishi muhokama qilindi.

Mazkur ezgu tashabbus inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Deputatlar va homiylarning amaliy ko‘magi asosida amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ish fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2