Yangiliklar

#kotibiyat_xodimi #19_1_modda #24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.G‘afforov hamda Eskijuma mahallasi raisi N.Melikov bilan birgalikda Eskijuma mahallasida joylashgan 14-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati, tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi hamda patronaj xodimlarining faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, bemorlarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, patronaj xizmati orqali aholi salomatligini nazorat qilish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, patronaj xizmati faoliyati hamda bepul dori vositalari ta’minoti holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram

Slide 1 of 2