Yangiliklar

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Muminova Lobar Rabbimkulovnaning navbatdagi manzili Vorsin mahallasida joylashgan kutubxona bo‘ldi.
Tashrif davomida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondi, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish hamda kutubxona faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3