Yangiliklar

Darg‘om kanali bo‘ylab barpo etilayotgan sog‘lomlashtirish va turistik maskanlar qurilishi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-392-sonli qaroriga muvofiq, Darg‘om kanali bo‘ylab tashkil etilayotgan sog‘lomlashtirish va turistik maskanlar qurilish jarayonlari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F. Turayev tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan loyihalarning ijro holati, infratuzilma obyektlarining sifati hamda ishlarning tasdiqlangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilayotgani yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, hududning turizm salohiyatini oshirish, aholining mazmunli dam olishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladigan mazkur maskanlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, qurilish jarayonlarini tizimli nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4