Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#DEPUTATLIK_NAZORATI
#24_ta_masala

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati U.Jumayevga biriktirilgan kotibiyat xodimi E.Eshonqulov "Chinor" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅Tashrif davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda mahallada olib borilayotgan boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ishlar o‘rganildi.

✅Shuningdek, mahalla raisi bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, mavjud hujjatlar bilan tanishildi va tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1