Yangiliklar

Mahalladagi tizimli ishlar deputat e’tiborida

📌 Mahalladagi tizimli ishlar deputat e’tiborida

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bunyodkor saylov okrugi deputati E.Xayitov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopovalar tomonidan Qiziltepa mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Tashrif davomida mahalla xodimlarining yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, hududdagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda soliq intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

🔹 Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni tizimli hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Tashrif yakunida ko‘tarilgan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.