🗣 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov ishtirokida saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Muloqot davomida aholi tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.
📌 Xususan:
⚡️ Elektr uzilishlari ko'p bo'layotganligi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi;
🚶 Uch Chinor ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasini barpo etish zarurligi;
🏘 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
📝 Bildirilgan barcha murojaatlar rasmiylashtirilib, hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga yuborilishi hamda ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
✅ Uchrashuvlar fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga xizmat qiladi.