Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonun

Targ‘ibot tadbiri va o‘rganish ishlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Jumayev tomonidan tumandagi “Bahoriston” MFYda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-sonli “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda davlat soliq xizmati organlarining vazifalari, vakolatlari hamda soliq qonunchiligiga rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, qonunchilik hujjatlarining mazmunini aholiga keng targ‘ib etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1