Yangiliklar

Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.

👥 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 16-Qo‘shchinor saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hududiga qarashli Qashqarmakey mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan ko‘chalarga chiqqan holda muammolar o‘rganildi.

🏘 O‘rganishlar davomida Yong‘oqzor ko‘chasi aholisi tomonidan tomorqa yerlarini sug‘orish uchun drenaj suvi kuniga atigi 6 soat berilayotgani, bu esa fuqarolar uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum qilindi. Mahalla aholisining suv berish vaqtini uzaytirish bo‘yicha murojaati fuqaro Sh.Maxmudov tomonidan bildirilib, mazkur masala deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yuritish” daftariga ro‘yxatga olindi.

🛣 Shuningdek, Saodat ko‘chasida olib borilgan o‘rganishlar davomida ushbu ko‘chaning qariyb 2 kilometr qismini ta’mirlash zarurligi yuzasidan fuqaro R.Qodirov tomonidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat ham deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yuritish” daftariga kiritildi.

📝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga yo‘naltirilishi belgilandi. Murojaatlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6