Yangiliklar

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sport bilan shug‘ullanishi hamda dam olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Natijada ayrim hududlarda bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz o‘yin maydonchalari yetarli darajada tashkil etilmagani aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda yangi bolalar maydonchalarini barpo etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5