Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun

🏛 Qonun ijrosi – deputat e’tiborida

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimo'minov tomonidan navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

✅Tadbir Bandixon tuman “Suv yetkazib berish xizmati ”davlat muassasasida bo‘lib,O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1076-son “O‘zbekiston Respublikasining suv kodeksini tasdiqlash to'g'risida” Qonuni mazmun-mohiyati hamda uning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan mutaxassislar bilan muloqot qildi.

✅Shuningdek, mazkur qonunning amaliyotdagi ahamiyati, suv xo‘jaligi tizimida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha fikr almashildi.

✅ Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1