#162_ta_Qonun
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari X.Abdimo'minov tomonidan "Bandixon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni, № O‘RQ-642 mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga qonunning asosiy maqsadlari, aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mehnat bozorida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning bandlik masalalariga oid savollariga atroflicha javoblar berilib, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish va bandlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglashiga xizmat qiladi.