🎓 Bugun Bekobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari ko‘tarinki ruh va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tkazildi.
📚 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputatlari o‘z hududlaridagi ta’lim maskanlarida bo‘lib, bitiruvchilarni ushbu hayajonli kun bilan samimiy muborakbod etdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi tantanali ravishda o‘qib eshittirildi.
🌟 Yurtimizning ertangi kuni bo‘lgan yoshlarimizga ulkan zafarlar, yorqin kelajak va ezgu orzular sari dadil qadamlar tilaymiz!