🏥 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayev “Oqtepa” mahallasi qishloq shifokorlik punktida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rgandi.
📌 Tashrif davomida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat samaradorligi hamda bemorlarga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilinib, aholining salomatligini mustahkamlash va xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.
🌿 Inson salomatligi — jamiyat taraqqiyoti va farovon hayotning muhim garovidir!