O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida Bo‘ston tumanida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Jumladan, tumandagi “og‘ir” toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva, doimiy komissiya raisi B.Boltaboyev hamda faol deputatlar A.Jo‘rayev va M.Nishonovlar tomonidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.