Yangiliklar

“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ko‘p qavatli uylarning holati deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov mahalla raisi ishtirokida “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida yangi barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning holatini o‘rgandilar.

💬 Ushbu o‘rganish jarayoni:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬 Tahlil jarayonida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:

🟢Qurilish va obodonlashtirish sifati: Ko‘p qavatli uylarning qurilish me’yorlariga muvofiqligi, fasad qismlari, yo‘laklar, yer to‘lalar hamda liflarning ishlash holati kechirildi;

🟢Kommunal infratuzilma: Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlarining uzluksiz ishlash holati o‘rganildi;

🟢Atrof-muhit va xavfsizlik: Ko‘p qavatli uylar atrofidagi bolalar o‘yingohlari, avtoturargohlar hamda hududning obodonlashtirilganlik va ozodalik darajasi tahlil qilindi.

💬 O‘rganish yakunida ko‘p qavatli uylardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash hamda hudud obodligini saqlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olinib, mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 7