Yangiliklar

TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.

✅Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Umrzaqov “Mash’al” massividagi “Sharofiddin O‘rinboy mevazori” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

​🌳 Tashrif davomida mas’ullar bilan birgalikda bog‘larni parvarishlash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

​💬 Xo‘jalik rahbari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda meva-sabzavotlarni eksport qilish, yangi tashqi bozorlarni topish va mahsulot sifatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

​💧 Shuningdek, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zarur tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2