Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi faoliyatining 2026-yil dastlabki 5 oylik natijalari.

 Hisobot davrida:

▫️ 5 ta Kengash sessiyasi o‘tkazildi;

▫️ Sessiyalarda 42 ta masala ko‘rib chiqilib, 42 ta qaror qabul qilindi;

▫️ Rahbarlarning 13 ta hisoboti va 4 ta axboroti tinglandi;

▫️ Doimiy komissiyalarda 47 ta masala muhokama qilindi;

▫️ 95 ta deputat so‘rovi yuborilib, ularning 92 foizi bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi;

▫️ 35 ta uchrashuv va 45 ta sayyor qabul tashkil etildi;

▫️ Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan 250 ta muammo hal etildi;

▫️ 14 ta qonun loyihasi muhokama qilinib, qonunchilik takomillashtirilishiga munosib hissa qo‘shildi.

Kengash faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, xalq bilan muloqot va deputatlik nazorati ustuvor yo‘nalish sifatida davom ettirilmoqda.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida samarali faoliyat — asosiy maqsadimiz!