🏛 FUQARO MUROJATI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan “Majnuntol” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Muqimovaning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida suhbat o‘tkazilib, muammoning holati atroflicha tahlil qilindi.
✅ Murojaatda bayon etilgan masalani qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.
🤝 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.