Yangiliklar

Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.

  Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 16-Yulduz saylov okrugi deputati X. Yusubaliev tomonidan “Yulduz” MFY hududida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari manzilli ravishda ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, Ko‘kterak ko‘chasi 18-uyda yashovchi fuqaro Omonova Matlubaga 1 million so‘m moddiy yordam ajratilgani o‘rganildi.

Slide 1 of 3