Yangiliklar

Kengash_faoliyati

🏛 “Birdamlik” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi.

✅ Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlarining ish samaradorligini oshirish hamda mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish borasidagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda.

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tumandagi “Birdamlik” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari faoliyatini atroflicha tahlil qildi.

✅ Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅ Tahlil davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

✅ Mahalla boshqaruv tizimining bugungi holati va samaradorligi;
✅ Aholi muammolari bilan ishlashda “mahallabay” tizimining natijadorligi;
✅ Yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish;
✅ Ijtimoiy xodimlar faoliyati hamda ehtiyojmand oilalar bilan ishlash sifati.

✅ Uchrashuv yakunida mahalla faollariga ish faoliyatini yanada jonlantirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✅ Maqsad — har bir mahallada samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va xalq bilan yaqin muloqotni ta’minlash!

Slide 1 of 2