Yangiliklar

Qurilish ishlari va infratuzilma ob’ektlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda ekspert guruhi a’zosi K.Bektaev tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. 

📍Dastlab “Jayxun” MFY hududida qurib bitkazilgan bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish natijasida qurilish ishlari belgilangan talablar asosida sifatli bajarilgani qayd etildi. Yangi maydoncha mahalla bolalari uchun zamonaviy va xavfsiz hududga aylandi. 

🚶‍♂️ Keyingi manzilda “Oydin yo‘l” MFY hududida qurilayotgan trotuar qurilishi o‘rganildi.

🔍 Jarayon davomida ekspert tomonidan qurilish sifati va xavfsizlik talablari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda ishlar doimiy nazoratda olib borilishi ta’kidlandi. 

🏫 Shuningdek, “Oydin yo‘l” MFYda yangidan qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishi ham o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida qurilish sifati, muddatlarga rioya qilinishi va loyihaning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. 

⚡️ Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday amaliy nazorat ishlari qurilish sifati va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 9