Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna hududdagi xotin-qizlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, oilaviy muammolarni hal etish hamda yoshlar tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda xotin-qizlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan aholi, ayniqsa xotin-qizlar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati