Yangiliklar

Hamkorlik va sessiya masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari D.Xodjanov va A.Aymbetov tomonidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengash raisi D.Artikov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida:
🔹 kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar
🔹 aholi uchun dolzarb masalalar
🔹 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha axborot berilib, o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1