Yangiliklar

QORABOG‘ MAHALLASIDA ICHIMLIK SUV QUVURI MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI

Mazkur murojaat asosida “Xorazm suv ta’minoti” AJ Bog‘ot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilgan edi ushbu masala nazoratga olinib o‘rganish va tezkor amaliy ishlar natijasida Qorabog‘ mahallasidagi ichimlik suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi suv sizib chiqish holati to‘liq yo‘qotildi hamda aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi tiklandi.

Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash, shuningdek, infratuzilma muammolarini bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Slide 1 of 2